O'qitiladigan fanlar
|
Fanning nomi |
Fan haqida qisqacha ma'lumot |
1. |
O‘zbek tili |
Talabalarning kundalik, ilmiy va kasbiy sohalarda faoliyat olib borishi uchun o‘qitishning kommunikativ-nutqiy tamoyili asosida ularda fan bo‘yicha egallangan bilim, ko‘nikmalarni muloqot va ish faoliyati jarayonida qo‘llash malakasini shakllantirishga qaratiladi. |
2. |
Akademik yozuv |
Fanni o‘qitishdan maqsad: talabalarga ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish, ilmiy matn va uning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, turli axborotlar, gap va matnlarni to‘g‘ri va mantiqli tuzish, notiqlik mahorati bo‘yicha ham bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirish, ijtimoiy-siyosiy hayotga doir hamda o‘z mutaxassisligiga doir terminlar, ularni tanlash va qo‘llashdagi o‘ziga xos xususiyatlar haqida ma’lumot berishdan iborat. |
3. |
Rus tili |
1-kurs talabalariga rus tilini o‘rgatish jarayonida o‘quv, tarbiyaviy va kommunikativ maqsadlar amalga oshiriladi. Talabalarga rus tilini o‘rgatishning asosiy vazifasi ularning ijtimoiy-siyosiy, ta'lim, kasbiy va ijtimoiy-madaniy aloqa sohalarida kommunikativ vakolatlarini shakllantirish va takomillashtirishdir. |